Hurmatli do'stlar!
Hurmatli do'stlar! Agro Bravo e'tiboringizga mehr bilan tayyorlangan «Gollandcha» pishloqni taqdim etadi! Pishloq foydali va to'yimli mahsulot. Tarkibidagi oqsillar va biologik qiymati bo'yicha u na go'shtdan, na baliqdan, na tuxumdan qolishmaydi, energetik qiymati bo'yicha esa ulardan ustun turadi. Pishloqlarda boshqa hech bir mahsulotdagidek ko'p kalsiy, hhamda eng oson hazm bo'ladigan shaklda mavjud. Pishloq, shuningdek, davo-parhez xususiyatlariga ham ega. «Gollandcha» — qattiq mayali pishloqlar orasida eng mashhuri. Pishloqning ta'mi va hidi yaqqol seziladi, sal achchiq va nordon. Xamiri plastik, bukilganda biroz mo'rt, naqshi — dumaloq yoki burchakli ko'zchalar, asosan pishloqning markazida joylashgan. Gollandcha bo'lakli pishloq quruq moddada kamida 45% yog' va 44% namlik saqlaydi. 100 g mahsulotning energetik qiymati 352 kkal.



