O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 7-aprelda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasida investitsiya muhiti va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PF-4609-son Farmoni tufayli
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 7-aprelda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasida investitsiya muhiti va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PF-4609-son Farmoni tufayli «AGROBRAVO» MChJga o'z ishlab chiqarishini yanada kengaytirish va rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha imkoniyatlar berildi.
Xususan, oziq-ovqat sanoati uchun 2014-yil 1-iyuldan boshlab kichik korxonalar xodimlarining yillik o'rtacha chegaraviy soni 200 nafargacha oshirildi, bu esa bizga qo'shimcha yangi ish o'rinlari yaratish va 2015-yilda biz ishlab chiqaradigan sifatli sut mahsulotlari assortimentini 10–15 turgacha kengaytirish imkonini beradi.



